“Championat.asia” nashri “Olmaliq” futbol klubida bosh murabbiy Igor Shkvirin o‘rnini boshqa mutaxassis egallagani haqida xabar berdi.
Bir necha kun muqaddam “Olmaliq” bilan muzokara uchun Toshkentga kelgan Viktor Kumikov klub bosh murabbiyiga aylandi, deyilgan xabarda.
Ma’lumot uchun, bunga qadar Qozog‘istonda faoliyat olib borayotgan Viktor Kumikov o‘z vaqtida Qarshining “Nasaf”, Muborakning “Mash’al” klublarida faoliyat olib borgandi.
Igor Shkvirin esa “Olmaliq” klubini Oliy Ligaga qadam qo‘ygan 2008-yilidan buyon boshqarib kelardi. Uning boshqaruvida jamoa 2016-yilgi mavsumni 13-o‘rinda yakunlagandi.
Izoh (0)