Novosibirsk viloyati tergov organlari avtobus konduktorlari kuchli sovuqda maktab o‘quvchisini ikki marta transport vositasidan tushirib yuborganligi bilan bog‘liq hodisani tekshirmoqda, deb yozadi “Interfaks”.
Tergov boshqarmasining ma’lum qilishicha, bir necha kundan buyon 30 daraja sovuq bo‘lgan Novosibirskda avtobus konduktori sakkizinchi sinf o‘quvchisining puli yo‘qligi sababli avtobusdan tushishni talab qilgan.
O‘quvchi chiqqan ikkinchi avtobusda ham vaziyat takrorlangan. Oqibatda bola navbatdagi bekatgacha 1,5 kilometr masofani piyoda bosib o‘tishga majbur bo‘lgan. Sovuqda muzlab qolgan o‘quvchini marshrutka uyga olib borib qo‘ygan.
Maktab o‘quvchisini ikki marta avtobusdan tushib qolishga majbur qilgan holatning barcha vaziyatlarini aniqlash yuzasidan tekshiruv tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yekaterinburgdagi 30 daraja sovuqda konduktor to‘qqiz yoshli qizchani avtobusdan tushirib yuborganligi haqida xabar berilgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)