Kosta-Rika va Nikaragua hukumati “Otto” dovuli yaqinlashayotganligi tufayli bir necha ming kishini evakuatsiya qildi. Bu haqda 23-noyabr, chorshanba kuni The International Business Times ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.
Kosta-Rika prezidenti Luis Gilyermo Solis mamlakatda favqulodda holat joriy etilishi haqida e’lon qildi, maktablar va davlat muassasalari yopildi.
“Dovul vayronkor kuchga ega. Biz hech kim jabrlanmasligiga umid qilamiz, biroq buning uchun tayyorgarlik ko‘rishimiz va hukumatning barcha ko‘rsatmalarini bajarishimiz lozim”, — dedi Solis.
Nikaragua hukumati bo‘ron yaqinlashayotganligi munosabati bilan bir qator tumanlarda xavfning eng yuqori — qizil darajasini e’lon qildi. Qutqaruvchilar o‘n mingdan ortiq odamni evakuatsiya qildi va vaqtinchalik boshpanalarga joylashtirdi.
“Otto” dovuli mamlakatning sohilbo‘yi tumanlariga 24-noyabr, payshanba kuni kechroq yetib kelishi kutilmoqda. U suv toshqini va ko‘chkilarga olib kelishi mumkin bo‘lgan kuchli yomg‘irlar bilan birga kechadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)