Angliya milliy terma jamoasi uchun 114 ta o‘yin o‘tkazib, raqiblar darvozasiga 21 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan iste’dodli yarim himoyachi Stiven Jerrard futbolchilik faoliyatini yakunlagani haqida ma’lum qildi, deb yozdi “Chempionat”.
“Mening karyeram aqlbovar qilmas darajada bo‘ldi. Men o‘tkazgan har bir onim uchun ‘Liverpul’, ‘Los-Anjeles Gelaksi’ va Angliya termasidan minnatdorman”.
“Men o‘zimni baxtiyor his qilaman. Chunki juda ko‘p ajoyib damlarni boshdan o‘tkazdim. Men ‘Liverpul’ safida 700 dan ziyod o‘yinda maydonga tushganimdan va ularning ko‘pida sardor bo‘lganimdan g‘ururlanaman”.
“Menga buyuk futbolchilar bilan yelkama-yelka to‘p surish nasib qildi. Doimo qo‘llagan muxlislardan minnatdorman. Va albatta oilamga cheksiz rahmat aytaman”, — deb fikr bildirgan Jerrardning o‘zi. U kelgusi faoliyatiga tez kunlarda oydinlik kiritishini qo‘shimcha qilgan.
Ma’lumot uchun, bir qator sovrinlarga ega chiqqan Stiven Jerrardga Angliya chempioni bo‘lish nasib qilmagandi.
Izoh (0)