Meksikalik rassom Frida Kaloning shu paytgacha yo‘qolgan deb hisoblab kelingan va auksionga qo‘yilmagan kartinasi Sotheby’s kimoshdi savdosida 1,8 million dollarga sotildi. Bu haqdagi ma’lumot kimoshdi savdosi uyi saytiga joylashtirilgan.
Kaloning eng birinchi ishlaridan biri “Marjon taqqan qiz” 1929-yilda chizilgan deb hisoblanadi. Rassom hayotligida fotograf Lola Alvares tomonidan olingan oq-qora surat orqali kartinaning mavjudligi haqida ekspertlarga ma’lum bo‘lgan.
Portret 1955-yildan buyon Kaliforniyada, muallifning sobiq yordamchisi uyida bo‘lgan. Unga suratni Kaloning turmush o‘rtog‘i Diyego Rivera sovg‘a qilgan.
Frida Kalo Lotin Amerikasining eng qimmat rassomi deb topilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)