Iroq poytaxti Bag‘dodda amalga oshirilgan to‘rt portlash oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, Al Sumaria telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Bundan tashqari, to‘qqiz kishi jarohatlangani bildirilmoqda.
Voqeaning boshqa tafsilotlari ma’lum emas. Hech bir guruh terakt uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi.
Izoh (0)