Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining “E” guruhida ishtirok etayotgan Londonning “Tottenhem” klubi muvaffaqiyatsiz yurishini davom ettirdi. Guruh bosqichini “Monako”dan qabul qilib olingan uy mag‘lubiyati bilan boshlagan “shporlar”, safar uchrashuvida ham imkoniyatni boy berdi.
Radamel Falkaoning penaltidan aniq foydalana olmagani ham “Monako”ning g‘alabasiga xalal bera olmadi. Mazkur g‘alaba Leonardu Jardim ustozlik qilayotgan Fransiya klubini nimchorak finalga olib chiqdi. 5-turda qanday natija qayd etilsa ham, “Monako” peshqadamlikni saqlab qola oladi.
Nazariy jihatdan “Tottenhem”da 1/16 finalga yo‘l olish uchun imkoniyat qolmadi. Sababi klub “Bayer”ga qarshi o‘zaro o‘yinlarda gol ura olmadi. Leverkuzendagi uchrashuv 0:0 hisobida yakuniga yetgan bo‘lsa, Londonda “Bayer” 1:0 hisobida ustun kelgandi.
So‘nggi turda “Tottenhem” Yevropa Ligasi yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi. Guruhda 3-o‘rinni egallagan jamoa Yevropa Ligasining guruh bosqichiga qo‘shiladi.
Yevropa Chempionlar Ligasi “E” guruhi. 5-tur 22-noyabr, seshanba
Izoh (0)