Yangi Zelandiyaning Shimoliy oroli sohillarida 5,6 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Ma’lum qilinishicha, yerosti silkinishlari epimarkazi Kaslpoynt shahridan 75 kilometr sharqda, uning o‘chog‘i esa o‘n kilometr chuqurlikda joylashgan.
Jabrlanganlar va vayronalar haqida hozircha ma’lumotlar kelib tushmadi.
13-noyabr kuni Yangi Zelandiyada 7,5 magnitudali yer silkinishi qayd etilgan. Tabiiy ofat oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan. Zilzila yetkazgan zarar milliardlab dollarga baholanmoqda.
Izoh (0)