21-noyabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Anqara O‘zbekiston Turkiya fuqarolari uchun vizasiz rejimni joriy qilishini kutmoqda. O‘z vaqtida O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni joriy qilgan Anqara Toshkent tomonidan ham shunday qadamni kutmoqda.
2. OAV: Hindistondagi poyezd halokatiga ishdan chiqqan rels sabab bo‘lgan. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, fojia qurbonlari soni 142 kishiga yetdi.
3. Sobiq davlat kotibi Kissinjer Trampni AQShning eng noyob va mustaqil prezidenti deb atadi. 17-noyabr kuni Kissinjer va Tramp Nyu-Yorkda uchrashuv o‘tkazdi. Unda AQSh va Rossiya, shuningdek, boshqa davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar muhokama etildi.
4. Toshkentdagi Turin politexnika universiteti seysmik platformasida Italiyada sodir bo‘lgan zilzila sun’iy ravishda hosil qilindi. O‘tkazilgan tajriba natijalariga ko‘ra bino Italiyaning Amatriche shahrida bo‘lib o‘tgan 6,2 balli, yer ko‘chishi 1,54 santimetr, tezligi soniyasiga 21 santimetr va tezlanishi 425 santimetr/s2 zilzilaga chidamli deb topildi.
5. O‘zbekiston UNICEF’ning “Kichik hikoyalar” kampaniyasiga qo‘shildi. Taxminan 7 qatordan iborat mitti hikoyalarda 20-noyabr kuni nishonlanuvchi Jahon bolalar kunining mohiyati yoritiladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)