AQSh sobiq davlat kotibi Genri Kissinjer prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan Donald Trampni Qo‘shma Shtatlarning eng noyob va qandaydir guruhlardan mustaqil yetakchisi deb hisoblaydi. Bu haqda u 20-noyabr, yakshanba kuni CNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Uning hech bir guruh oldida majburiyati yo‘q, chunki u shaxsiy strategiyasi asosida g‘alabaga erishdi. Unga ijobiy maqsadlarga erishish imkonini berish kerak. Ular uning dasturida bo‘lishi mumkin”, — dedi Kissinjer.
17-noyabr kuni Kissinjer va Tramp Nyu-Yorkda uchrashuv o‘tkazdi. Unda AQSh va Rossiya, shuningdek, boshqa davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar muhokama etildi.
Kissinjer prezident Richard Nikson (1969—1974) ma’muriyatida AQSh davlat kotibi lavozimini egallagan.
Izoh (0)