Kaspiy dengizi shelfining Qozog‘iston qismida joylashgan yirik neft koni Kashaganda tijoriy neftni qazib olish boshlandi. Bu haqda Qozog‘iston energetika vaziri Kanat Bozumbayevga tayanib, Reuters agentligi ma’lum qilmoqda, deb yozadi “RBK”.
Bozumbayevning so‘zlariga qaraganda, sentabr oxirida Kashaganda uglevodorodni sinov tarzida qazib olish boshlangandan so‘ng loyiha doirasida qazib olingan neftning umumiy hajmi yarim million tonnaga yaqinlashgan, qazib olingan gazning hajmi esa 97 million kubometrni tashkil etgan.
Mamlakat Energetika vazirligining ma’lumotiga qaraganda, 2017-yilda Kashaganda 4 million tonnadan 8 million tonnagacha neft qazib olish rejalashtirilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)