Mosul sharqida IShID terrorchilik guruhi jangarilarining hujumi oqibatida kamida 20 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Bu haqda 21-noyabr, dushanba kuni Al Jazeera telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Mosulni IShIDdan ozod qilish bo‘yicha yerdagi harbiy operatsiya 17-oktabr tongida boshlandi. Unda Iroq hukumat kuchlaridan tashqari kurd tuzilmalari, shuningdek, AQSh boshchiligidagi xalqaro aksilterrorchilik koalitsiyasi ishtirok etmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)