AQShning Nyu-Jersi shtatida yengil motorli samolyotning halokatga uchrashi oqibatida uning uchuvchisi halok bo‘ldi. Bu haqda NBC telekanali Transport xavfsizligi bo‘yicha milliy kengash ma’lumotiga tayanib ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Uchuvchi 75 yoshli Uilyam Lindley bortda yolg‘iz bo‘lgan.
Avvalroq politsiya yo‘qolgan ikki o‘rinli samolyotni Bass-River bog‘idan topganligi ma’lum qilindi. U 19-noyabr, shanba kuni Solsberidan (Merilend shtati) parvoz qilib, Oushen okrugi aeroportiga (Nyu-Jersi shtati) yo‘l olgan edi. Biroq samolyot belgilangan punktga yetib kelmagan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)