Fransiya politsiyasi Strasburgda terakt uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rishda gumon qilinayotgan yetti nafar erkakni hibsga oldi. Bu haqda Reuters agentligi mamlakat ichki ishlar vaziri Bernar Kaznyev ma’lumotiga tayanib xabar berdi, deb yozadi “RBK”.
Uning aniqlik kiritishicha, gumonlanuvchi erkaklarning kelib chiqishi Marokash va Afg‘onistondan bo‘lib, yoshi 28 dan 37 gachadir. Ular o‘tgan dam olish kunlari Strasburg va Marselda qo‘lga olingan.
Agentlikning ta’kidlashicha, aksilterrorchilik operatsiyasi Strasburgda rojdestvo yarmarkasi ochilishidan bir hafta avval o‘tkazilgan. Yarmarka 25-noyabr, juma kuni ochiladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)