Braziliya hukumati “Barselona” klubi hamda mamlakat termasi hujumchisi Neymar va oilasining soliq jinoyatlari haqidagi ma’lumotlarning sizib chiqishiga sababchi bo‘lgani uchun sud qaroriga ko‘ra futbolchiga 20 ming yevro to‘laydi. Bu haqda AS nashriga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Avvalroq Neymar o‘zi va oilasiga nisbatan ochilgan soliqlarga oid jinoyat ishi ma’lumotlari sizib chiqqanidan so‘ng Braziliya hukumatini sudga bergandi.
Braziliya hukumati, shuningdek, Neymarning ota-onasiga davlat g‘aznasidan qariyb 14 ming yevro, advokat xarajatlarini qoplash uchun esa 5 ming yevroga yaqin mablag‘ to‘laydi.
2016-yilning mart oyida San-Paulu federal sudi Neymarni 2012–2014-yillar davomida soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashda aybdor deb topdi. Sud 24 yoshli hujumchini Braziliya g‘aznasiga 46 million yevro to‘lash majburiyatini yukladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)