Hindistonning Karnataka shtati sobiq vaziri Gali Janardxana Reddi qizining to‘yi uchun 59 million funt (74 million dollar) sarfladi, deb xabar bermoqda Daily Mail.
49 yoshli siyosatchi to‘y marosimida shou tashkillashtirish uchun 8 nafar Bollivud rejissyorini yolladi. Taklifnomalardagi yozuvlar zarhal (suyiltirilgan oltin) bilan yozilgan.
Xabarda ta’kidlanishicha, to‘y marosimi 5 kun davom etdi. Mahalliy taniqli shaxslar esa mehmonlarning ko‘nglini ochdi.
Kelin mashhur dizaynerlar tomonidan yaratilgan kiyimlarni almashtirib turdi. Gali Janardxana Reddining qizi kiygan kelinlik sarisi narxi 2,5 million dollar bo‘lgani ma’lum qilinmoqda. Qizning taqinchoqlari esa 12,4 million dollarga aylandi.
Reddi Hindistonning eng boy siyosatchilaridan biri sanaladi. 2004-yilda u Karnataka shtatida temir qazib olish uchun litsenziya olgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)