Buxoro viloyati endokrinologiya dispanserida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi bilan hamkorlikda sog‘lomlashtirish aksiyasi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Viloyat endokrinologiya dispanserida o‘tkazilgan aksiya doirasida nazoratga olingan qandli diabetga moyil bolalarga tibbiy vositalar tarqatildi. Aholi tor yo‘nalishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, tegishli tavsiyalar berildi. Dispanserda faoliyat yuritayotgan “Diabet maktabi” bemorlar va kasallikka moyillar uchun tibbiy maslahat markazi hisoblanadi.
O‘zbekistonda noyabr oyi – qandli diabetga qarshi kurash oyligi, deb e’lon qilingan. Oylik doirasida mahallalarda, ta’lim muassasalarida shifokorlar tomonidan sog‘lom turmush tarzi va ovqatlanish madaniyatini targ‘ib qilishga qaratilgan tadbir va davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, yoshlarni sportga jalb qilish maqsadida salomatlik marafonlari tashkil etilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)