Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Myunxenning “Bavariya” futbol klubi “Xoffenxaym”ga qarshi Germaniya chempionati 10-turida qayta ishlangan chiqindilardan ishlab chiqarilgan futbolkalarda maydonga tushadi. Bu haqda “iSport.ua” xabar bermoqda.

Foto: “Bavariya” FK matbuot xizmati

Foto: “Bavariya” FK matbuot xizmati

Futbolkalarni tikishda ishlatilgan ip va mato tolalari Maldiv orollari sohillaridan yig‘ib olingan okean chiqindilaridan, asosan, plastikdan tayyorlangan.

Foto: “Bavariya” FK matbuot xizmati

Foto: “Bavariya” FK matbuot xizmati

Forma klubning an’anaviy — qizil rangida ishlangan. Futbolka yoqasida esa “Okean uchun” yozuvi bitilgan.

“Chempionat”ning ma’lum qilishicha, “Bavariya”ning asosiy hamkori Telekom formaning dizaynini ma’qulladi va o‘z logotipining odatiy – to‘q ko‘rinishidan voz kechdi. Germaniya futbol ligasi va uning hamkori Hermes ham ushbu aksiyani qo‘llab-quvvatladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
 “Dizayn” kulgi jamoasi a’zosi Elmurod Haqnazarovning yakkaxon konserti qanday o‘tdi? 
Dunyo
Zelenskiy Kanadaga o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishda yordam taklif qildi
Dunyo
Qozog‘istondagi o‘rmon yong‘ini qurbonlari soni 14 kishiga yetdi