“Mersedes” jamoasining sobiq rahbari Ross Braun “Formula-1” avtopoygasi bo‘yicha 7 karra jahon chempioni, 2013-yilda og‘ir jarohat olgan Mixael Shumaxerning sog‘lig‘ida ijobiy o‘zgarish kuzatilayotgani ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Shumaxerning sog‘lig‘ida ijobiy o‘zgarishlar bor va biz har kuni o‘zgarishlar ko‘payishiga iltijo qilyapmiz. Shumaxerning oilasi uning sog‘ayishiga bog‘liq ma’lumotlar shaxsiy ekanini ma’lum qildi va men buni hurmat qilishim kerak. Mixaelning sog‘lig‘i borasida turli xabarlar bor va ularning aksariyati yolg‘on ekanini aytishim mumkin. Biz shunchaki iltijo qilib, bir kun kelib uning sog‘ayib ketishiga umid qilamiz”, – dedi Ross Braun.
Shumaxer 2013-yilning 29-dekabrida Fransiyadagi Alp tog‘larida chang‘i uchayotganida boshidan og‘ir jarohat olgan va uzoq vaqt sun’iy koma holatida bo‘lgan. 2014-yilda nemis poygachisining to‘liq tiklanishiga uch yil ketishi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.
Izoh (0)