Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino futbol transferlarini shaffof qilish maqsadida agentlarning daromadini e’lon qilish istagini bildirdi. Bu haqda Reuters’ga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Futbol transfer bozorida katta pullar aylanadi, ammo mablag‘ klub, futbolchi va agent o‘rtasida qanday taqsimlanishi ko‘pincha noaniqligicha qoladi.
FIFA rahbari, shuningdek, top-klublarning ko‘plab futbolchilarni sotib olib, ularni ijaraga berib yuborish holatiga chek qo‘ymoqchi.
“Klub yosh futbolchilarni yig‘ib, ularni boshqa jamoalarga ijaraga berishini noto‘g‘ri deb hisoblayman. Bu holat futbolchining rivojlanishi va klublar uchun yomon”, – dedi Infantino.
Izoh (0)