Xitoy Superligasi chempioniga aylangan “Guanchjou Evergrand” futbol klubi “Chelsi” himoyachisi Jon Terriga yiliga 8 million funt to‘lashga tayyor, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
Angliyalik 35 yoshli futbolchining “Chelsi” bilan amaldagi kelishuvi 2017-yilning 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan. Agar futbolchi va London klubi o‘rtasidagi shartnoma uzaytirilmasa, xitoyliklar Terriga yiliga 8 million funt sterling taklif qilishga tayyor.
“Guanchjou Evergrand” rahbariyati klub bosh murabbiyi Luis Felipe Skolarining Terri bilan yaxshi munosabati tajribali himoyachining jamoa safiga qo‘shilishiga yordam berishiga umid qilmoqda. Braziliyalik mutaxassis Jon Terri bilan “Chelsi”da birga ishlagan.
Izoh (0)