Meksikaning markaziy qismidagi Morelos shtati Avtonom universitetining to‘rt nafar voyaga yetmagan talabasi noma’lum kimsalar qurboniga aylandi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Mahalliy hukumat rasmiylarining ma’lum qilishicha, 15–17 yoshli talabalarning ko‘plab pichoq zarbalari bo‘lgan jasadi Xolutla munitsipalitetida aniqlandi.
Universitet rahbariyati bo‘lib o‘tgan hodisani keskin qoralab, halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik birdirdi. “Bo‘lib o‘tgan voqea yuzasidan barcha holatlarni aniqlash maqsadida puxta tergov talab qilamiz”, – deyiladi ta’lim muassasi rahbariyatining rasmiy murojaatida.
Politsiya qotillik sabablari va uning uchun javobgarlik kimning zimmasida bo‘lishi haqida hech qanday ma’lumot taqdim qilmadi.
So‘nggi oylarda Meksikada zo‘ravonlik ajv olishi kuzatilmoqda. Avgust oyida qasddan uyushtirilgan qotilliklar soni 2012-yildan buyon eng yuqori ko‘rsatkich – 2,14 ming holatga yetgandi.
Izoh (0)