Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik aktyor Stiven Sigalni Rossiya fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqqa imzo chekdi. Bu haqda, Kreml matbuot xizmatiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
AQShda tug‘ilgan Stiven Sigal oxirgi paytlarda Rossiyaga tez-tez kelib turgan. Shu yilning sentabr oyida u Kamchatka va Saxalinga tashrif buyurgan hamda Rossiya fuqaroligini olishi mumkinligi haqida aytgan edi.
64 yoshli aktyor 2016-yilning yanvar oyida Serbiya fuqaroligini olgani haqida xabar berilgandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)