Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) O‘zbekiston terma jamoasining JCh—2018 turniriga saralash bosqichidagi raqibi — Eron termasining ikki yetakchi futbolchisi va yordamchi murabbiyini diskvalifikatsiya qildi, deb xabar bermoqda “Championat.asia”.
Xabarda qayd etilishicha, JCh–2018 saralashi doirasidagi Eron – Qatar (2:0) uchrashuvida Rizo G‘uchannajod urgan goldan so‘ng eronliklar yordamchi murabbiyi Javod Nekunam maydon ichiga yugurib, golni nishonlagan. Buning natijasida futbolchilar orasida mojaro kelib chiqqan. Unda Sardor Azmun va Ehson Xojsafi ham ishtirok etgan.
Oqibatda esa FIFA har ikki ikki futbolchini 1 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qildi. Ular 15-noyabr kuni Suriyaga qarshi Malayziyada bo‘lib o‘tadigan bahsda Eron terma jamoasiga yordam bera olmaydi.
Javod Nekunamning xatti-harakati yoshlar uchun yomon o‘rnak bo‘lishi mumkinligi tufayli murabbiy 3 ta o‘yinda zaxira o‘rindig‘ida o‘tirmaydi.
Izoh (0)