Saudiya Arabistonida hukmronlik qilayotgan as-Saudlar oilasining qamoqxonada jazo o‘tayotgan shahzodasi sud qaroriga ko‘ra darra bilan savalandi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Shahzodaning ismi va jazo sababi haqida ma’lumot berilmagan. Savalanishdan avval u tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Jazolangan shahzoda qamoqxona kamerasida qoldirildi.
Eslatib o‘tamiz, 19-oktabr kuni Saudiya Arabistonida shahzoda Turki bin Saud al-Kabirga nisbatan o‘lim jazosi ijro etilgandi. Qirollik oilasi a’zosining qatl etilishi Saudiya Arabistonida 1970-yildan buyon birinchi marta yuz berdi.
Izoh (0)