O‘zbekiston professional futbol ligasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida Birinchi Liga vakili – Samarqandning “Dinamo” professional futbol klubi boshlig‘ini jarimaga tortish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Bu haqda O‘zPFL matbuot xizmati xabar bermoqda.
“‘Norin’ga qarshi 34-tur uchrashuvida hakam sha’niga nomaqbul fikr bildirgan ‘Dinamo’ PFK boshlig‘i Alisher Latipov jarimaga tortildi”, – deyiladi xabarda.
Jarima miqdori qancha ekanligiga aniqlik kiritilmagan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)