Sport kiyimlarini ishlab chiqaruvchi Nike kompaniyasi ortidan Puma firmasi ham bog‘ichi o‘z-o‘zidan bog‘lanadigan krossovka ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Autodiscs nomli yangi krossovkalar ichiga bog‘lanishni zaiflashtiruvchi yoki kuchaytiruvchi elektromotor o‘rnatilgan bo‘ladi. Bog‘lanish bevosita krossovkadagi tugma yoki mobil dastur orqali amalga oshiriladi.
Ilgariroq Nike kompaniyasi bog‘ichi o‘z-o‘zidan bog‘lanadigan Nike Hyperadapt 1.0 krossovkalarini ishlab chiqqani haqida xabar berilgandi. Puma yaratuvchilarining aytishicha, Autodiscs krossovkasining Hyperadapt 1.0 ga nisbatan ikkita ustunligi bor.
Birinchisi, bog‘ichlarni boshlovchi motor krossovkaning tagcharmida emas, tilida joylashgan. Bu oyoq kiyimning egiluvchanligini saqlab qolishga yordam beradi.
Ikkinchi ustunlik shundan iboratki, krossovkaning bog‘lanishini mobil dastur yordamida smartfon orqali amalga oshirish mumkin. Krossovkada nima bilan shug‘ullanishga qarab, uning bog‘lanishini har ikki yoki alohida oyoq uchun maksimal darajada qulay holatga keltirish mumkin.
Izoh (0)