Keniya poytaxti Nayrobi shahrida albinos odamlar uchun dunyodagi birinchi go‘zallik tanlovi o‘tkazildi. Unda 10 nafardan ayol va erkak ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Beauty Beyond Skin nomli tadbir insonlarda pigmentatsiya yetishmovchiligini o‘rganishga e’tibor qaratish maqsadida o‘tkazildi. Tanlovda armiya va politsiya ofitserlaridan tortib, ofitsiant qizlargacha ishtirok etdi.
Tadbirga mingga yaqin mehmon, shu jumladan, Keniya vitse-prezidenti Uilyam Ruto keldi.
Bunday go‘zallik tanlovini o‘tkazishdan yana bir maqsad albinos odamlarning ijtimoiy hayotning turli sohalarida qatnasha olishini ko‘rsatishdan iborat.
Izoh (0)