Indoneziyaning Batam orolida kemaning halokatga uchrashi oqibatida kamida 21 kishi halok bo‘ldi, yana 34 nafari bedarak yo‘qoldi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Mahalliy sog‘liqni saqlash boshqarmasi vakillari kema bortida bo‘lgan 38 kishi qutqarilgani haqida ma’lum qildi.
Kema Malayziyaning Joxor-Baru portidan Indoneziya tomon yo‘l olayotgan edi. Guvohlarning aytishicha, kema shiddatli shamol va kuchli to‘lqinlar oqibatida ag‘darildi.
Huquq-tartibot xodimlari voqea yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlab yubordi.
Izoh (0)