Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Madridning “Real” jamoasi yarim himoyachisi Garet Beyl yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan “Oltin to‘p” mukofoti haqida orzu qilmasligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Men uchun ‘Oltin to‘p’ hech qachon maqsad bo‘lmagan. Ushbu mukofot uchun kurashda g‘olib bo‘lishni orzu qilmaganman. Chempionlar Ligasi va milliy chempionatlarda g‘olib bo‘lishni orzu qilaman. YChL va boshqa turnirlarda g‘alaba qozonsam, individual sovrinlar keladi, ammo hozir bu haqda o‘ylamayapman. Menga klub va terma jamoa mukofotlari muhimroq. Agar bu amalga oshsa, yaxshi bo‘lardi. Klubda faol o‘ynasang, ‘Oltin to‘p’ senga keladi. Bu ajoyib bo‘lardi”, – dedi uelslik futbolchi.

“Ko‘pchilik futbolchilar mavsumni yaxshi o‘tkazdi. Messi va Ronaldu esa ajoyib o‘yinlar ko‘rsatdi. Krishtianu YChL va Yevropa chempionatida g‘olib bo‘ldi. Ammo men hakam emasman va kim yutishini ayta olmayman. Jamoadoshlarim va boshqa nomzodlarga omad tilayman”, – deya qo‘shimcha qildi Beyl.Eslatib o‘tamiz, Garet Beyl “Oltin to‘p–2016” mukofotiga da’vogar 30 futbolchidan biri hisoblanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Sezmagansiz ham: Film voqealaridagi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan qo‘pol xatolar (foto) 
Mahalliy
Qatar amiri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi (foto)
Karyera
Hokimiyat ularning qo‘llarida: Butun dunyoni boshqaradigan beshta oila (foto)