• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    O‘zbekiston parlament delegatsiyasi Jenevada bo‘ldi

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisi Akmal Saidov boshchiligidagi parlament delegatsiyasi Shveysariyaga tashrif buyurdi. Parlament vakillarining tashrif dasturi Jeneva shahridagi O‘zbekiston elchixonasida o‘tkazilgan brifing bilan yakunlandi. Bu haqda O‘zA muxbiri Mehribon Mametova “Daryo”ga xabar qildi.

    Foto: UzDaily

    Foto: UzDaily

    Tadbirda xalqaro tashkilotlar (BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon intellektual mulk tashkiloti, BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi), Jeneva shahrida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari, xususan, Ozarbayjon, Jazoir, Belarus, Ispaniya, Isroil, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Malayziya, Panama, Tojikiston, Turkiya, Yaponiya va boshqa mamlakatlar, shuningdek, Shveysariyaning jamoat, akademik va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi. Brifingda, shuningdek, Parlamentlararo ittifoq tadbiri doirasida Jeneva shahriga tashrif buyurgan Belarus Respublikasi Milliy yig‘ini Respublika Kengashi (yuqori palata) spikeri o‘rinbosari M. Shchetkina mehmon sifatida ishtirok etdi.

    Tadbir ishtirokchilariga O‘zbekistonda siyosiy, sud-huquq va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar xususida ma’lumot berildi. Mamlakat siyosiy modernizatsiya, huquqiy, dunyoviy, demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lidan barqaror borayotgani ta’kidlandi. Respublikada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar eng avvalo fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan ishlar O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomi bilan bevosita bog‘liq ekaniga urg‘u berildi. Mustaqillikning ilk yillaridanoq O‘zbekiston rahbariyati tomonidan oldinga surilgan davlat siyosatining fundamental tamoyillari o‘zgarmasligi alohida qayd etildi.

    Shundan kelib chiqqan holda brifingda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis palatalarining joriy yil 8-sentabrdagi qo‘shma yig‘ilishidagi ma’ruzasining asosiy yo‘nalishlari hamda 2016-yil 4-dekabrda o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etildi.

    Brifing qatnashchilarining diqqat-e’tibori bo‘lajak saylovdagi butkul yangi omil — YeXHT DIIHBning O‘zbekistonning Prezident saylovini umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga muvofiq tarzda ochiq va oshkora o‘tkazishga tayyorligini inobatga olgan holda saylovni kuzatish bo‘yicha to‘liq tarkibdagi missiyasini yuborishga qaror qilganiga qaratildi.

    BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi inson huquqlari va bitimlar bo‘yicha kengashi ishlari bo‘limi direktori A. Abdelmoula Oliy komissar ofisi O‘zbekistonda inson huquqlari himoyasini yaxshilash sohasidagi demokratik islohotlarning borishiga katta qiziqish bilan qarashini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, respublikada sud-huquq tizimi yangi konsepsiyasini shakllantirishga qaratilgan islohotlar, xususan, prokuratura, ichki ishlar organlari va advokatura faoliyatini takomillashtirish, o‘lim jazosining bekor qilinishi, yarashuv institutining joriy etilishi, qamoqqa olishga sanksiya berishni sudlarga o‘tkazilishi, uy qamog‘ini qo‘llash chorasining amalga tatbiq etilishi e’tiborga va har tomonlama o‘rganishga sazovordir.

    Xalqaro mehnat tashkiloti Bosh direktorining maxsus maslahatchisi K. Tapiolaning ta’kidlashicha, brifing yirik xalqaro tashkilotlar vakillariga respublikadagi vaziyat to‘g‘risida eng birinchi manbalar orqali bilish imkonini yaratib, O‘zbekistonning siyosiy, iqtisodiy va demokratik taraqqiyoti imkoniyatlarini muhokama qilish uchun qulay maydon bo‘lgan.

    K. Tapiola O‘zbekistonda XMTning qator konvensiyalari yo‘riqnomalarini amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi bilan bolalar va majburiy mehnatini taqiqlash masalasidagi hamkorlikni rivojlantirishda erishilgan natijalarni qayd etdi. Shu bilan birga u joriy yilning 25-oktabr kuni XMTning birlashmalar erkinligi hamda kasaba uyushmalari birlashmalari huquqlarini himoya qilish bo‘yicha 87-raqamli konvensiyasini ratifikatsiya qilgani uchun O‘zbekiston rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

    BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi ijrochi kotibi o‘rinbosari A. Vasilyevning fikricha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. Mirziyoyevning mamlakatda ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash, kichik va o‘rta biznes uchun qo‘shimcha qulay imkoniyatlar yaratishga qaratilgan tashabbuslari sezilarli ijobiy natijalarga olib keladi. Unda 2017-2021 yillarda qishloq joylarda arzon uy-joylar qurish dasturi alohida qiziqish uyg‘otdi.

    Jenevadagi BMT bo‘linmasi qoshidagi IHT doimiy vakolatxonasi vakili Ya. Eren O‘zbekiston Islom dinini uning obro‘sini to‘kishga urinayotganlardan himoya qilib, xalqaro jamoatchilikka islom qadriyatlari va madaniyati to‘g‘risidagi haqiqiy ma’lumotlarni yetkazishda ulkan ishlarni amalga oshirayotganini ta’kidladi. Uning bildirishicha, bugungi kunda mamlakat ta’lim, ma’rifat va haqiqiy islom qadriyatlarini tiklash singari sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali global xavfsizlikni mustahkamlashga harakat qilmoqda.

    Jeneva Diplomatik doirasi prezidenti R. Blyum O‘zbekistondagi vaqt sinovidan o‘tgan va so‘nggi vaqtlarda o‘zini to‘la namoyon etgan siyosiy va iqtisodiy barqarorlik o‘z faoliyatini kengaytirishdan manfaatdor bo‘lgan xorijiy kompaniyalarni jalb etishda asosiy ustunlik ekanini ma’lum qildi. “Iqtisodiyot sohasidagi so‘nggi tashabbuslar va tegishli qonunchilik aktlari mamlakatning barqaror taraqqiy etishi kafolatlaydi hamda davlat va biznes o‘rtasidagi ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiladi”, - dedi u.

    Brifing qatnashchilari bo‘lajak saylov milliy qonunchilik va umume’tirof etilgan xalqaro tamoyillarga to‘la muvofiq tarzda ochiq va oshkora o‘tkazilishiga ishonch bildirdi.

    30.10.2016, 14:57   Izoh (0)   8644
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Davlat departamenti Istanbuldagi diplomatlar oilalariga AQShga qaytishni tavsiya qildi

    30.10.2016, 11:56

    Kanada bosh vazirining Bryusselga yo‘l olgan samolyoti Ottavaga qaytishga majbur bo‘ldi

    30.10.2016, 11:01

    Mishel Obama o‘zi tug‘ilgan shtat sharafiga nomlangan Illinois suv osti kemasini safga qo‘shdi

    30.10.2016, 10:53

    Ekvadorlik sohibjamol “Yer go‘zali—2016” tanlovi g‘olibiga aylandi

    30.10.2016, 10:49

    Erdo‘g‘on Turkiyada o‘lim jazosi haqidagi qonunni ratifikatsiya qilishga va’da berdi

    30.10.2016, 10:35

    Iroq bosh vaziri Mosulga hujum to‘xtatilgani haqidagi xabarlarni inkor etdi

    30.10.2016, 10:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50

    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

    Reklama | 5 iyul, 19:30

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48

    Kelasi hafta avvalida harorat biroz pasayadi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 18:25

    Yashil energiyaga zarba: Tramp yangi qonun bilan imtiyozlarni bekor qildi

    Dunyo | 5 iyul, 18:00

    Toshkentda 33 yoshli ayolni fohishalik uchun Moskvaga jo‘natayotgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:50

    Namanganda gaz tarmog‘iga o‘g‘rincha ulanib olgan bog‘ egasi davlatga 1,4 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:00

    “Liverpul” Jotaning oilasiga futbolchi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha maosh to‘lab boradi

    Sport | 5 iyul, 16:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.