“Manchester Siti” jamoasi bosh murabbiyi Pep Gvardiola o‘tgan mavsumda Madridning “Real” klubi tomonidan unga bo‘lgan qiziqishga izoh berib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Sports.ru”.
“Men ‘Barselona’ muxlisiman. ‘Real’ga men kabi murabbiy kerak emas deb o‘ylayman. Baribir u yerga to‘g‘ri kelmasdim”, – dedi ispaniyalik murabbiy.
“‘Barselona’ bilan javob o‘yiniga keladigan bo‘lsak, biz bo‘lajak uchrashuvga asta-sekin yaqinlashyapmiz. Biz hozirgi holatni tezroq yaxshilashimiz kerak”, – deya qo‘shimcha qildi Gvardiola.
Eslatib o‘tamiz, Pep Gvardiolaning biografi Marti Perarnau Rafael Benitesning iste’fosidan so‘ng “Real” bosh murabbiyi lavozimiga asosiy da’vogar Zinedin Zidan emas, Gvardiola bo‘lganini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)