“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu undan nafratlanadigan insonlardan ilhomlanishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
“Yomon insonlardan o‘zimni ilhomlantirish uchun foydalanaman. Aslida, mendan nafratlanadigan insonlar menga kerak. Ular menga erishgan yutuqlarimn qo‘lga kiritishga yordam bergan”, – dedi 31 yoshli futbolchi.
Urushga kim bilan borishi haqidagi savolga Ronaldu klub va termadagi sherigi – Pepe deb javob berdi. “Pepe nafaqat yaxshi himoyachi. U maydonda bor kuchini beradi”, – dedi Ronaldu.
Izoh (0)