Futbol bo‘yicha Uels terma jamoasining sobiq futbolchisi Mark Ayzlvudning xotini ajrashish tufayli o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.
54 yoshli Penelopa Ayzlvudning jasadi Janubiy Uelsdagi uyida aniqlandi. U dori vositalari va alkogolning bir vaqtda iste’mol qilinishi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.
Penelopaning qizi Xolli onasi bir necha yildan buyon tushkunlikdan aziyat chekkanini ma’lum qildi. Bundan tashqari, u shu yilning mart oyida tug‘uruq vaqtida farzandidan ayrilgan edi.
Ayni vaqtda 57 yoshli Mark Ayzlvud qalloblik bo‘yicha sud ishini kutmoqda. U va uning turmush o‘rtog‘i ajrashish jarayonida edi.
Ma’lumot uchun, Mark Ayzlvud 1986–1994-yillar davomida Uels termasi safida 39 ta uchrashuv o‘tkazgan. Futbolchilik faoliyati davomida u “Lids, “Charlton” va boshqa ingliz klublarda to‘p surgan.
Izoh (0)