Bahrayn mezbonlik qilayotgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatining “A” guruhida 2-tur o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi.
Musobaqani Tailandni 3:1 hisobida mag‘lub etish bilan boshlagan Janubiy Koreya, 2-turda Bahrayndan ustun keldi — 2:1. Saudiya Arabistoni esa Tailand darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi.
Guruhda Janubiy Koreya 6 ochko bilan peshqadam. Saudiya va Bahrayn hisobida 3 tadan ochko bor. 19 oktyabr kuni Bahrayn Tailand bilan o‘ynasa, Janubiy Koreya va Saudiya o‘zaro saf tortadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo Chempionatini Tojikistonni mag‘lub etish bilan boshlagandi. Jasur Abduraimov boshchilik qilayotgan jamoa 2-turni 18-oktabr kuni Avstraliyaga qarshi o‘tkazadi. Avstraliya 1-turda Xitoyni 1:0 hisobida mag‘lub etgandi.
Osiyo Chempionati U19 “A” guruhi. 2-tur 16-oktabr, yakshanba
Izoh (0)