“Chempionat” nashri 29-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan Moskva derbisini o‘zbekistonlik referi Ravshan Ermatov boshqarishi mumkinli haqidagi xabar yuzasidan hakamning o‘zi bilan bog‘lanishga qaror qildi.
“‘Spartak’ — ‘SSKA’ o‘yiniga taklif qilinishim mumkinligi men uchun kutilmagan xol. Aytishim mumkin bo‘lgani, Rossiya Futbol Ittifoqidan hech kim bu borada rasmiy murojaat bilan chiqish qilmadi”, — dedi Ravshan Ermatov.
“O‘yin 29-oktabr kuni bo‘lib o‘tadimi? — deb savol bergan o‘zbekistonlik FIFA referisi “Chempionat” jurnalistiga. — Bu kuni O‘zbekiston chempionatida ham tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Lekin menga rasmiy taklif bilan chiqishsa, Moskvaga borishga tayyorman. Bunday masshtabdagi o‘yin har qanday referi uchun katta tajriba vazifasini o‘tab beradi”.
Ravshan Ermatov 9-oktabr kuni yangi qurilgan “Krasnodar” stadionida Rossiya — Kosta-Rika o‘yinini boshqarib borgan va 92-daqiqada mezbonlar darvozasi tomon penalti belgilagandi.
Izoh (0)