4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Prezidenti sayloviga tayyorgarlik Latviya matbuotida katta qiziqish bilan kuzatib borilmoqda, deb xabar beradi “Jahon”.
Xususan, Boltiq yangilik agentligining (Baltic News Service, BNS) hamda Latviyaning xalqaro jurnallari — “Ochiq shahar” va “Boltiq kursi”ning elektron portallarida saylovga tayyorgarlik jarayoniga bag‘ishlangan maqolalar chop etildi.
Ularda saylovda to‘rtta partiyadan nomzodlar ishtirok etishi, nomzodlar ma’lum bo‘lgani haqida yoziladi. O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi barcha tegishli hujjatlarni ko‘rib chiqib, nomzodlarni qabul qilgani ta’kidlanadi.
BNS’da ta’kidlanishicha, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda eng yuqori demokratik talablarga javob beradigan milliy saylov tizimi yaratilgan.
Shu bilan bir qatorda, Latviyaning boshqa bir nashri — “Ochiq shahar” xalqaro jurnali O‘zbekiston MSK qoshida ishchi guruhlar tashkil etilgani, ular siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilayotgan imzo varaqalarining to‘g‘riligini tekshirayotgani aytiladi.
“Siyosiy partiyalar saylovchilardan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzolar to‘plashga haqli, bu ish va xizmat, o‘qish va yashash joyida, saylovoldi tadbirlarda amalga oshiriladi”, — deyiladi materialda.
Izoh (0)