AQShning Florida shtatidagi Orlando shahri fuqarosi Rendall Halil Florida shtatiga yopirilgan “Mettyu” dovulidan BMW M3 avtomobilini saqlash uchun uni uyining ichiga yashirdi. Bu haqda Motor xabar bermoqda.
Halil mashinasini keng ochiladigan eshiklar orqali xonasiga olib kirdi. Mashina u yerda qancha saqlanib turishi noma’lum.
8-oktabr kuni AQShda “Mettyu” dovuli nisbatan kuchsizlandi, ammo kuchli shamol va suv toshqini xavfi saqlanib turibdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda tabiiy ofat qurbonlari soni 27 kishiga yetgan.
Avvalroq Mayamida “Mettyu” dovuli mashinasiga shikast yetkazishidan xavotir olgan ayol Toyota avtomobilini uyiga, mehmonxonasiga yashirgan edi. Shuningdek, amerikalik erkak “Mettyu” dovuli chog‘ida okean o‘rtasidagi platformada dam olayotgan videosi e’lon qilingandi.
Izoh (0)