Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) tashkilotga a’zo mamlakatlar hukumatlari bilan Jahon antidoping agentligi (WADA)ning islohoti jarayonini birgalikda tashkil qilish bo‘yicha muzokara o‘tkazadi. Bu haqda Tomas Bax ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.

Foto: “Vesti.ru”

Foto: “Vesti.ru”

8-oktabr kuni Shveysariyaning Lozanna shahrida olimpiya sammiti o‘tkazildi. Tadbir davomida WADA’ning ishini isloh qilish bo‘yicha navbatdagi takliflar keltirildi. Yakunda sammitning asosiy ishi belgilangan MOQning deklaratsiyasi e’lon qilindi.

“MOQ deklaratsiyasi – olimpiya harakatining dopingga qarshi haqiqiy bayonoti. Biz qator o‘zgartirishlarni taklif qildik va ular deklaratsiyada qayd etildi. Menimcha, eng avvalo, sport federatsiyalari va mamlakatlar bilan hamkorlik qilish muhimdir. WADA esa ushbu kurashda bizning asosimiz. Olimpiya sammiti WADA’ning islohoti va uni moliyalashtirish jarayonida mamlakat hukumatlari bilan muzokara o‘tkazishdan manfaatdor”, – dedi Tomas Bax.

“Doping qabul qilganlarga nisbatan sanksiyalar kuchaytirilishi kerak. Mamlakat hukumatlarini qoidabuzarlarni jinoiy javobgarlikka tortishga chaqiryapmiz”, – deya qo‘shimcha qildi XOQ rahbari.

Avvalroq Pxenchxan–2018 qishki Olimpiadasida yangi aksildoping tizimi amal qilishi haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, sentabr oyi o‘rtalarida Tomas Bax qo‘mitaga a’zo bo‘lgan 97 tashkilotga xat yo‘llab, aksildoping tizimini isloh qilish jarayoniga o‘z hissasini qo‘shishga chaqirgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kitob
“Shayton kitob timsolida hayotimga kirib kelgan va barcha narsani o‘ziniki qilib olgan edi…” “Qora kitob” asari haqida
Dunyo
Yuzga tushgan chandiq, quldorlarga qarshi kurash va teatrda otib ketilgan prezident — Linkoln. Xalq orasida eng mashhur AQSH prezidenti taqdiri
Kino
“Yonarqo‘ng‘izlar qabri”, “Yurak shiviri”, “Mushukning qaytishi”  — Yapon rejissorlarining eng yaxshi animelari