O‘zbekiston va Xitoy terma jamoalari o‘rtasidagi JCh—2018 saralashidan joy olgan bellashuv 11-oktabr kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.
18:00 da start oladigan uchrashuv chiptalari 8-oktabr kuni 10:00 dan boshlab sotuvga chiqadi, deb ma’lum qildi “Championat.asia”. Chiptalarni “Bunyodkor” stadioni kassalaridan xarid qilish mumkin.
O‘zbekiston — Eron o‘yini uchun chiqarilgan chiptalarning eng arzoni 25 ming so‘mdan sotilgandi. Xitoyga qarshi o‘yin chiptalari qancha turishiga oydinlik kiritilmagan.
Izoh (0)