Gaiti va Dominika Respublikasi joylashgan Gaiti oroliga yopirilgan “Mettyu” dovuli oqibatida halok bo‘lganlar soni 9 kishiga yetdi. Bu haqda Listin Diario gazetasiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
De-Kaye shahrida esa ko‘plab uylarning tomi tabiiy ofat oqibatida uchib ketdi.
Kuzatuvchilarning fikricha, Gaiti oroliga yopirilgan tabiiy ofat oqibatida yuzaga kelgan holat mamlakatda 9-oktabr kuniga belgilangan umumiy saylovlarni xavf ostiga soladi.
Gaiti Ichki ishlar vaziri Fransua Anik Jozef tabiiy ofatga qaramay, saylovlar bo‘lib o‘tishiga ishonch bildirdi.
Izoh (0)