Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi himoyachisi Pablo Sabaleta ispaniyalik mutaxassis Xosep Gvardiola “shaharliklar” ustoziga aylangach, bir nechta taqiqni tatbiq qilgani haqida so‘zlab berdi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
“Gvardiola futbolchilar mashg‘ulotdan oldin va keyin nonushta hamda tushlikni birgalikda qilishini joriy etdi. Bundan tashqari, u bizga internetdan foydalanishni taqiqlab qo‘ydi va hatto 3G’dan foydalanish imkoniyatidan mahrum qildi.
Shunga qaramay, eng yaxshi mutaxassis bilan ishlash orzuim ro‘yobga chiqdi. U yoki bu tarzda hayot kechirganda, ko‘p narsani o‘rganasan. Gvardiola futbol bilimidan tashqari unga ehtirosi bilan ham ajralib turadi”, – dedi argentinalik futbolchi.
Izoh (0)