Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Hindiston politsiyasi mamlakat bosh vaziri Narendra Modiga tahdidli maktub eltayotgan kabutarni hibsga olganini bildirmoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Foto: Sky News

Foto: Sky News

Sky News manbalariga ko‘ra, qush Panjob shtatida, Pokiston bilan chegara yaqinida aniqlangan. Bu yerda jangarilar yanvar oyida Hindiston harbiy bazasiga hujum uyushtirgandi. Politsiyachilar kabutarda “Modi, biz 1971-yildagi odamlar emasmiz. Hozir har bir bola Hindiston bilan kurashishga tayyor” degan matnli xat bo‘lganini da’vo qilmoqda. Mazkur maktubga “Lashkar-i-Toyyiba” guruhi  muallif bo‘lgani taxmin etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar terrorchilar Kashmirdagi hind harbiylariga hujum qilib, 18 kishini o‘ldirganidan so‘ng murakkablashdi. Hindiston tomoni bunda Pokistonni aybladi. Mazkur hodisadan so‘ng nazorat chizig‘ida bir necha bor otishmalar yuz berdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?