AQSh prezidenti Barak Obama Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) va Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) qarorlari oldindan hal qilinishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Sport-Ekspress”.
2009-yili Obama XOQning Kopengagendagi sessiyasiga borib, 2016-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlari Chikagoda o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlagandi, ammo yakunda Rio-de-Janeyro nomzodi g‘alaba qozongan edi.
“Kopengagenga uchib kelsam, hamma Chikagoning Olimpiada mezboni bo‘lish imkoniyati yaxshi bo‘ladi deb o‘ylagan. Shu sababli ham men bir kunlik safar uyushtirgandim. Natijada XOQning qarorlari FIFAniki singari oldindan hal qilinishini hamma bilib oldi”, – dedi Obama.
Izoh (0)