Kanada poytaxti Ottava shahrining sharqida yuz bergan otishma oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, CBC telekanaliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Hodisa aholi yashaydigan kvartalda sodir bo‘lgan. Halok bo‘lgan erkakning shaxsi va yoshi haqida ma’lumot berilmagan. Erkak voqea joyiga yetib kelgan tibbiyot xodimlari tomonidan tezkor ravishda shifoxonaga yetkazilgan va o‘sha yerda jon bergan.
Ayni damda politsiya guvohlarni so‘roq qilib, hujum qilganlar sonini aniqlamoqda. Mazkur qotillik Ottavada yil boshidan buyon o‘n ikkinchisi bo‘ldi.