Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Real” hamda “Barselona” klublari hujum chizig‘ida kuchli uchlik tandemiga ega bo‘lganidan buyon undagi futbolchilardan hech biri ilk bor 1 ta turda gol ura olmadi.

Foto: Youtube

Foto: Youtube

La Liganing 5-turida “Barselona” “Atletiko” bilan, “Real” esa “Vilyarreal” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. “Barsa” safida Ivan Rakitich gol urgan bo‘lsa, “qirollik klubi”ni Serxio Ramos mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

“Real” Beyl—Ronaldu—Benzema tandemini boshlang‘ich tarkibga kiritdi, biroq ulardan hech biri o‘yinni gol bilan yakunlamadi. Bosh murabbiy Zinedin Zidan Beylni 71, Benzemani 77-daqiqada almashtirib yubordi.

“Barselona” safida Messi—Neymar—Suares triosi boshlang‘ich tarkibda o‘yinni boshladi va gol urmadi. Messi 59-daqiqada jarohat olib, maydonni tark etdi.

“Championat.asia”ning qayd etishicha, 1-tur davomida mazkur olti futbolchidan eng kamida 1 tasi gol urib kelardi, tarixda ilk bor ularning hech biri muvaffaqiyat qozona olmadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
 “Dizayn” kulgi jamoasi a’zosi Elmurod Haqnazarovning yakkaxon konserti qanday o‘tdi? 
Dunyo
Zelenskiy Kanadaga o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishda yordam taklif qildi
Dunyo
Qozog‘istondagi o‘rmon yong‘ini qurbonlari soni 14 kishiga yetdi