Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada o‘yinlari vaqtida terakt tayyorlashda gumon qilinib iyul oyida hibsga olingan Braziliya fuqarolari o‘z maqsadlariga erishish uchun kimyoviy moddalarni qo‘llashni rejalashtirgan. Bu haqda 2-sentabr, juma kuni Globo telekanali ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Telekanalning ma’lum qilishicha, ular Rio-de-Janeyrodagi vodoprovod suvi rezervuarlarini zaharlashni rejalashtirgan.
Tergovchilar tegishli ma’lumotni hibsga olinganlar onlayn-messenjerlar vositasida almashgan xabarlarni o‘rganib chiqish natijasida qo‘lga kiritgan.
21-iyul kuni Braziliya politsiyasi IShID terrorchilik tashkiloti bilan aloqadorlikda va Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada o‘yinlarida teraktlar tayyorlashda gumonlangan kishilar guruhini hibsga olgan edi. Mamlakatning o‘nta shtatida yirik ko‘lamli aksilterrorchilik operatsiyasi o‘tkazilgan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)