Rossiya paralimpiya qo‘mitasi (RPQ) Sport arbitraj sudi (CAS)ning rossiyalik sportchilarni Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlaridan chetlashtirish qaroriga Shveysariya federal sudiga apellyatsiya berdi. Bu haqda 26-avgust, juma kuni RPQ prezidenti Vladimir Lukin ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Vedomosti”.
Xabarda ta’kidlanishicha, apellyatsiya 29-avgust, dushanba kuni ko‘rib chiqiladi. Vladimir Lukinning aytishicha, Rossiya paralimpiya termasi a’zolari yakka tartibda sud qaroriga shikoyat berishi mumkin.
23-avgust kuni Sport arbitraj sudi (CAS) Rossiya paralimpiya termasiga 7–18-sentabr kunlari Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun Xalqaro paralimpiya qo‘mitasining rossiyaliklarga nisbatan qo‘llagan qaroriga apellyatsiyasini qoniqtirmagan edi.
Izoh (0)