Gvatemala poytaxti — Gvatemala shahri markazidagi shifoxona yaqinida noma’lum bosqinchilarning o‘t ochishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, yana 3 nafari yaralandi. Bu haqda Prensa Libre gazetasining saytiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Guvohlarning ma’lum qilishicha, hujum uyushtirganlarning nishoni jinoiy to‘dalardan birining yetakchisi bo‘lgan. U qamoqxonadan shifoxonaga yotqizilayotgandi. Jinoiy to‘da yetakchisi va uni kuzatib borgan soqchilardan biri halok bo‘ldi. Qolgan qurbonlarning shaxsi hozircha aniqlanmagan.
Politsiya voqea yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Huquq-tartibot xodimlari ichida qurol va zirhli nimcha bo‘lgan avtomobilni topdi.
Qayd etish joiz, Lotin Amerikasida Gvatemala jinoyatchilik darajasi eng yuqori mamlakatlardan biri sanaladi. Mahalliy OAVlarning ma’lum qilishicha, mamlakatda har kuni o‘rtacha 15 ta qotillik sodir bo‘ladi.
Izoh (0)