Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA)ning sobiq prezidenti Joao Avelanj bugun, 16-avgust kuni 100 yoshida vafot etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, braziliyalik sobiq mutasaddi 2-iyul kuni Rio-de-Janeyrodagi shifoxonalardan biriga zotiljam tashxisi bilan yotqizilgandi. Ammo sog‘lig‘i yaxshilangani sababli u uch kundan keyin shifoxonani tark etdi.
Avelanj 1974-yildan 1998-yilgacha FIFA prezidenti lavozimida ishlagan.
Joao Avelanj 8-mayda 100 yoshga to‘lgandi.
Izoh (0)